Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (SPIEF) O‘zbekistonning yirik turistik loyihalaridan biri – “Arda Xi va” turistik majmuasini xalqaro bozorlarda targ‘ib qilishga qaratilgan muhim hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shartnoma Rossiyaning turistik infratuzilmani boshqarish va rivojlantirish sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri – Cronwell Development va Rossiyaning eng yirik onlayn sayohat agregatori “Ostrovok” o‘rtasida tuzildi. Ushbu hujjat Xorazm viloyatida joylashgan ko‘p funksiyali “Arda Xi va” turistik majmuasini xalqaro miqyosda ilgari surishda yangi bosqichni ochadi.

Hamkorlik O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy natijasi sifatida qaralmoqda. Bu islohotlar mamlakatning turistik infratuzilmasini modernizatsiya qilish, tarixiy-madaniy merosni global turistik marshrutlarga integratsiya qilish va xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan.

Kelishuvga ko‘ra, tomonlar “Arda Xi va” majmuasini Rossiya va boshqa istiqbolli bozorlarda ilgari surish, yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqish, xalqaro ko‘rgazma va forumlarda qatnashish, shuningdek, ishbilarmonlik aloqalari va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha birgalikda ishlaydi.

Shartnomani “Kronvell Development” MChJ bosh direktori Aleksey Musakin va “Bronirovaniye Gostinits” MChJ (“Ostrovok”) bosh direktori Darya Kochetkova imzoladi. Shuningdek, tomonlar rejalashtirilgan tashabbuslarni amalga oshirish uchun amaliy yo‘l xaritasi bo‘ladigan qo‘shma tadbirlar rejasini tasdiqladi.

Mutaxassislarning fikricha, ushbit kelishuv O‘zbekistonning turistik eksportini kengaytirishga, Rossiyadan sayyohlar oqimini oshirishga va qadimiy Xivaning xalqaro jozibadorligini yanada mustahkamlashga yordam beradi. Hamkorlik nafaqat “Arda Xi va” majmuasi, balki butun Xorazm viloyati va O‘zbekiston turizm sanoati uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Source: podrobno.uz