O‘zgidromet 13-15 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi borligi haqida ogohlantirish e’lon qildi.
Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, ayniqsa respublikaning tog‘li va tog‘oldi zonalarida yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida suv toshqini va sel hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu esa aholi xavfsizligiga tahdid soladi.
O‘zgidromet fuqarolarni, ayniqsa tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchilar, dam oluvchilar va haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqiradi. Yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida ba’zi hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.
Rasmiylar aholiga ogohlantirishlarga rioya qilishni, keraksiz sayohatlardan voz kechishni va xavfli hududlardan uzoqroq turishni tavsiya qilmoqda.
Source: www.gazeta.uz