Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, aholi va biznesning banklar oldidagi jami qarzi 628,9 trillion so‘mni tashkil etdi.
Yil davomida kreditlar hajmi 63,4 trillion so‘mga yoki 11,2 foizga oshgan. Qarzdorlikning 398,2 trillion so‘mi tadbirkorlar, 230,8 trillion so‘mi esa aholi ulushiga to‘g‘ri keladi.
Aholi qarzi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 trillion so‘mdan ko‘proqqa oshgan. Kreditlarning 417,2 trillion so‘mi davlat banklari, 211,7 trillion so‘mi xususiy banklar tomonidan berilgan.
Kreditlash hajmi bo‘yicha mutlaq yetakchi Toshkent shahri hisoblanadi. Poytaxtda kreditlar bo‘yicha jami qarzdorlik 290 trillion so‘mdan oshgan – bu umumiy qarzdorlikning 46 foizidan ko‘prog‘i. Shundan toshkentlik aholiga 68,7 trillion so‘m, tadbirkorlarga 221,2 trillion so‘m to‘g‘ri keladi.
Aholi kreditlarining eng katta ulushini ipoteka kreditlari – 83,8 trillion so‘m tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda mikrozaymlar – 50 trillion so‘m, mikrokreditlar – 44,3 trillion so‘m, avtokreditlar – 39,6 trillion so‘m turadi.
Ta’lim kreditlari 6,9 trillion so‘mni, iste’mol kreditlari esa 515 milliard so‘mni tashkil qilgan.
Source: uznews.uz