O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi uch kun ichida Turkiyada to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi.
11-iyun kuni Istanbulning Shimoliy Marmara avtomagistralida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Natijada 31 yoshli O‘zbekiston fuqarasi A.X., uning turk fuqarasi bo‘lgan rafiqasi va ikki oylik farzandi halok bo‘ldi.
12-iyun kuni Tuzla tumanida yana bir yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. 23 yoshli O‘zbekiston fuqarasi N.M. og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etdi.
13-iyun kuni Istanbuldagi shifoxonalardan birida 58 yoshli O‘zbekiston fuqarasi ayol uzoq vaqt davomida saraton kasalligi bilan kurashib, vafot etdi.
Istanbuldagi Bosh konsullik marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirdi.
Hozirda Bosh konsullik O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda jasadlarni vatanga jo‘natish va boshqa tashkiliy masalalarni hal qilishda zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.
Source: uznews.uz