O‘zgidromet agentligi xabariga ko‘ra, 16-19 iyun kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, ayniqsa, tog‘li hududlarda yomg‘ir suvlarining to‘planishi va sel oqimlari shakllanishi ehtimoli yuqori. Bu esa mahalliy aholi va dam oluvchilar uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
O‘zgidromet agentligi tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqiradi.
Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin. Fuqarolardan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raladi.
Source: www.gazeta.uz