Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 12-iyun kuni qabul qilgan qaror bilan jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarning ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni o‘qish va o‘zlashtirishini baholash tartibini tasdiqladi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, har bir o‘qilgan kitob bo‘yicha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tish jazoni uch kunga qisqartirish huquqini beradi. Hujjatda, shuningdek, mahkumlar testlarni maxsus elektron tizim orqali topshirishlari mumkinligi belgilangan.

Test natijalari 100 ballik tizimda baholanadi, muvaffaqiyatli o‘tish uchun kamida 70 ball to‘plash talab etiladi. Bir yil davomida jazoni qisqartirishning umumiy muddati 30 kundan oshmasligi kerak.

Test jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida axloq tuzatish muassasalarida maxsus komissiyalar tuziladi, ular tarkibiga muassasa xodimlari bilan birga jamoatchilik vakillari ham kiradi. Testlar videokuzatuv tizimlari orqali nazorat qilinadi.

Hujjatga muvofiq, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda mahkumlar uchun maxsus adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi va har yili yangilanadi.

Source: kun.uz