Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Dushanba kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

16−17-iyunda O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning aksariyat viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

18−19-iyunda faqat markaziy va sharqiy viloyatlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Dushanba va seshanba kuni kunduzgi harorat +35…+38 daraja, cho‘l hududlarda +39…+41 daraja, eng chekka janubda +41…+43 daraja bo‘ladi. 17−19-iyunda havo harorati 3−4 darajaga pasayadi.

Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 13−18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatiladi. 15−17-iyunda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20−22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda 15−16-iyun kunlari kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi +36…+38 daraja bo‘ladi. 17-iyundan 19-iyungacha kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat asosan +31…+34 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12−14 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Source: www.gazeta.uz