Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Bekobod tuman sudi sobiq ichki ishlar xodimini piyodani urib o‘ldirib, jinoyatni yashirishga urinishda aybdor deb topib, 7 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Voqea 2025-yil 11-dekabrga o‘tar kechasi Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi Qorasuv – Buka – Bekobod avtoyo‘lida sodir bo‘lgan.

Mast holatda Nexia-3 boshqargan jinoyat qidiruv xodimi yo‘l chetida ketayotgan 43 yoshli erkakni urib yuborgan. Dastlab uni kasalxonaga olib borishni niyat qilgan, ammo keyin fikridan qaytib, jasadni avtomobilga solib, rafiqasi bilan birga Do‘stlik kanaliga tashlagan.

Marhumning jasadi 80 kundan keyin topilgan. Sud-tibbiy ekspertiza va DNK tahlillari ayblovni isbotlagan. Sobiq xodim aybini to‘liq tan olib, yengillik so‘ragan, biroq marhumning bevasi qonuniy jazo va moddiy-ma’naviy zararni qoplashni talab qilgan.

Sud uni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (yo‘l harakati qoidalarini buzish oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish) va 134-moddasi (murdatni tahqirlash) bo‘yicha aybdor deb topib, 7 yilga ozodlikdan mahrum qilgan va 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etgan. Hukm ustidan shikoyat qilish mumkin.

Source: podrobno.uz