O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi vakili Anvar Anvarov Shveytsariyada bo‘lib o‘tgan Folksam Grand Prix xalqaro turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Uzunlikka sakrash bahslarida Anvarov 8,23 metr natija ko‘rsatib, Norvegiya va Vengriya sportchilarini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi.
Kumush medalni norvegiyalik Henrik Flatnes (8,03 metr), bronzani esa vengriyalik Kristofer Prist (7,79 metr) qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltita medalni qo‘lga kiritgandi.
Source: podrobno.uz