Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Expo 2025 Osaka ko‘rgazmasidagi O‘zbekistonning “Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya” paviloni 17 ta xalqaro professional mukofotga sazovor bo‘ldi, deya xabar bermoqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi. Pavilon arxitektura, dizayn, ko‘rgazma yechimlari hamda barqaror texnologiyalarni baholovchi bir qator yetakchi jahon premiumlari tomonidan e’tirof etildi.

Iyun oyi boshida O‘zbekiston paviloni Cultural & Expo Centers nominatsiyasida Architizer A+ Awards g‘olibi deb e’lon qilindi. Ushbu mukofot jahon arxitekturasi olamidagi nufuzli tanlovlardan biri hisoblanib, unda har bir nominatsiya bo‘yicha professional hakamlar hay’ati tomonidan faqat bittadan g‘olib aniqlanadi.

Bir necha kun o‘tgach, Gamburgda (Germaniya) bo‘lib o‘tgan ADC Awards taqdirlash marosimida loyiha yana ikkita oltin mukofotni qo‘lga kiritdi. Bu mukofotlar Exhibition — Museum & Pavilion Design hamda Architecture, Public & Urban Design — Architectural Installations nominatsiyalarida qo‘lga kiritildi. Ushbu mukofot dizayn va kreativ industriya sohasidagi qadimiy xalqaro tanlovlardan biri sanaladi.

Loyiha faoliyati davomida quyidagi xalqaro mukofotlar bilan taqdirlandi: (ro‘yxat keltirilmagan).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Osaka Expo 2025 ko‘rgazmasidagi “Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya” nomini olgan paviloni loyihasi Atelier Brückner arxitektura byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Gazeta muxbiri Shuhrat Latipov ushbu majmuaning ahamiyatli jihatlari haqida avvalroq aytib bergan edi.

Osaka Expo 2025 ochilgan vaqtdan buyon O‘zbekiston paviloniga 1 milliondan ortiq kishi tashrif buyurdi.

Source: www.gazeta.uz