Toshkent viloyati Bostanliq tumanida haydovchi xavfsizlik qoidalarini buzishi oqibatida yengil avtomobil kanalga tushib ketdi.
FVV matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, hodisa 14 iyun kuni soat 19:43 da sodir bo'lgan. Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi qismiga “Qaranko‘l” kanaliga, shu nomdagi mahalla hududidan oqib o'tadigan kanalga Captiva rusumli avtomobil tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga tezda qutqaruvchilar yetib kelgan va maxsus texnika hamda jihozlar yordamida mashinani suvdan chiqarib olishgan.
Aniqlanishicha, haydovchi avtomobilni to'xtatgandan so'ng qo'l tormoziga qo'ymagan. Natijada mashina o'z-o'zidan harakatlana boshlagan va kanalga tushib ketgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida FVV xodimi velosipedda ketayotgan muvozanatni yo'qotib, daryoga tushib ketgan 9 yoshli bolani qutqarib qolgan edi.
Source: podrobno.uz