Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Olmazor tumani jinoyat ishlari bo'yicha sudida 21 yoshli T.S.ga nisbatan jinsiy zo'ravonlikda ayblangan ish ko'rib chiqildi. Bu haqda UzNews.uz muxbiri sud qaroriga asosan xabar beradi.

Ish materiallariga ko'ra, hodisa «Beruniy» metro bekati yaqinidagi xususiy ta'lim muassasasi binosida sodir bo'lgan.

Fuqaro T.S. markazda tanishgan qizga nisbatan nojo'ya harakatlar qilgan. U qizni o'ziga tortib, quchoqlashga urungan.

Hodisadan so'ng qiz o'z dugonasi bilan qaytib kelib, huquqbuzarga tanbeh bergan. Bunga javoban u uni haqoratli so'zlar bilan so'kkan.

Sud qarori bilan T.S. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 41-1-moddasi 1-qismi (Jinsiy zo'ravonlik) va 183-moddasi (Mayda bezorilik) bo'yicha aybdor deb topilgan. Unga 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Source: uznews.uz