Xalqaro SWIFT tizimida o‘tish davri yakunlanishiga bir necha oy qoldi. 2026-yil 29-avgustdan boshlab, ISO 20022 standartiga moslashtirilmagan banklar xalqaro to‘lov xabarlarini qayta ishlashda rad etilishiga duch kelishi mumkin. Fido Biznes kompaniyasi ushbu muammoni oldindan hal qilib, o‘z yechimlarida yangi standartlarni qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘ygan.
2026-yil 29-avgustdan boshlab SWIFT bir qator mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston uchun vaqtinchalik choralarni bekor qiladi. FIN MT xabarlarini zaxira qayta ishlashda qo‘llanilgan ushbu choralar tugagach, ISO 20022 talablariga javob bermaydigan xabarlar avtomatik ravishda rad etilishi mumkin.
Bunday sharoitda banklarning ISO 20022 standartiga tayyorligi uzluksiz xalqaro hisob-kitoblar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Fido Biznes jamoasi o‘zgartirishlarning ahamiyatini anglab, SWIFT xabarlarining yangi formatlarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z vaqtida amalga oshirdi. Natijada, kompaniya mijozlari yangi formatlar bilan ishlashga to‘liq tayyor.
Hozirda Fido Biznes yechimlarida SWIFT ISO 20022 funksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 12 ta bankida joriy qilingan. Kompaniya dasturiy yechimlari orqali har kuni minglab xalqaro SWIFT to‘lov xabarlari o‘tkaziladi, oylik tranzaksiyalar soni o‘n minglabni tashkil etadi.
ISO 20022 bilan ishlaydigan banklar qatoriga Bizensni rivojlantirish banki (BRB), Xalq banki, Asakabank, Universal bank, Trastbank, Mikrokreditbank, Hamkorbank, TBC Bank, Orient Finans Bank, AVO bank, Asia Alliance Bank va O‘zpromstroybank kiradi.
Fido Biznes IABSning SWIFT bilan integratsiyasi birinchi marta 2009 yilda amalga oshirilgan. Shu vaqt ichida kompaniya xalqaro hisob-kitoblarni avtomatlashtirish va banklarning SWIFT infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha katta tajriba to‘plagan.
2023 yil oxirida Fido Biznes SWIFTning rasmiy hamkoriga aylandi, bu esa tashkilot bilan hamkorlikni kengaytirish, dolzarb materiallarni olish va banklarni yangi standartga o‘tishga tayyorlash imkonini berdi.
ISO 20022 ga o‘tish so‘nggi yillardagi eng muhim xalqaro to‘lov infratuzilmasi o‘zgarishlaridan biri hisoblanadi. Yangi standart an’anaviy MT formatlarini almashtirib, ma’lumotlar sifatini oshiradi, jarayonlarni avtomatlashtiradi va xatolarni kamaytiradi.
O‘tish davri tugagach, tizimlarini moslashtirmagan banklar xalqaro to‘lov xabarlarini rad etish bilan yuzlashishi mumkin. Shuning uchun ISO 20022 ga tayyorlik uzluksiz xalqaro hisob-kitoblar uchun muhim shartga aylanadi.
Fido Biznes biznes-tahlilchisi Rustam Botirovning ta’kidlashicha, “ISO 20022 ga o‘tish so‘nggi yillardagi eng muhim o‘zgarishlardan biri. Biz banklarni yangi talablarga o‘z vaqtida tayyorlash muhimligini tushunib, yechimlarimizda kerakli qo‘llab-quvvatlashni oldindan amalga oshirdik. Bu mijozlarimizga jarayonlarini moslashtirish va muddatga yaqin shoshilinch tuzatishlardan qochish imkonini berdi.”
Fido Biznes bank sektori uchun yechimlarni rivojlantirishni davom ettirib, moliyaviy tashkilotlarga xalqaro standartlar o‘zgarishlariga o‘z vaqtida moslashishda yordam bermoqda.
Source: kun.uz