O‘zbekistonda mobil aloqadan foydalanish darajasi o‘sishda davom etmoqda va 10 yoshdan oshgan aholining deyarli barchasini qamrab olmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklarini tanlab o‘rganish ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatda 10 yoshdan oshgan aholining 99,3 foizi mobil telefonlardan foydalangan.
Statistik ma’lumotlar so‘nggi yillarda ushbu ko‘rsatkichning barqaror o‘sishini ko‘rsatmoqda. 2021-yilda mobil telefonlardan aholining 95,7 foizi foydalangan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 97,8 foizga, 2023-yilda 99,1 foizga yetgan. 2024-yilda ham xuddi shunday natija qayd etilgan. 2025-yilda esa ko‘rsatkich 99,3 foizgacha oshgan.
Shunday qilib, to‘rt yil ichida O‘zbekistonda 10 yoshdan oshgan aholi orasida mobil telefon foydalanuvchilari ulushi 3,6 foiz punktga – 95,7 foizdan 99,3 foizga o‘sgan. Mamlakatda mobil telefonlarning kirib borish darajasi mutlaq ko‘rsatkichga yaqinlashmoqda.
Source: podrobno.uz