Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh Eksport-import banki prezidenti Jon Yovanovich va AQSh Xalqaro moliyaviy rivojlanish korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashdi.
Prezident Administratsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, forum O‘zbekistonning xorijiy hamkorlari bilan amaldagi loyihalarni amalga oshirish rejalarini muvofiqlashtirish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun qulay maydon hisoblanadi.
Muzokaralar davomida tomonlar sanoat va moliya sohalarida qo‘shma loyihalarni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Birgalikdagi investitsiya platformasini rivojlantirish va iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlarni izlashga alohida e’tibor qaratildi.
Saida Mirziyoyeva, shuningdek, amerikalik hamkorlar nafaqat mamlakatning ishbilarmonlik imkoniyatlariga, balki uning boy tarixiy va madaniy merosiga ham qiziqish bildirayotganini ta’kidladi.
“Amerikalik hamkorlarimiz ishbilarmonlik manfaatlaridan tashqari, O‘zbekistonni kashf etishda davom etib, mamlakatimizning boy tarixi va madaniyatiga qoyil qolishdan to‘xtamayotgani quvonarli”, — dedi u.
Source: podrobno.uz