Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentda 16-iyun kuni erta tongda sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasi natijasida uch kishi hayotdan ko‘z yumdi. Voqea Uchtepa tumanidagi Toshkent halqa yo‘lida, taxminan soat 03:10 da ro‘y bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli Lacetti haydovchisi chorrahada keskin chapga burilishni amalga oshirgan. Shu payt unga qarama-qarshi yo‘nalishdan yuqori tezlikda kelayotgan BYD avtomobili urilgan.

BYD rulida 16 yoshli o‘smir bo‘lgan va u haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan. Kuchli zarbadan avtomobil jamoat transporti bekatiga borib urilgan. Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi va uning 27 va 22 yoshli ikki yo‘lovchisi halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovchilar voqeaning barcha tafsilotlarini, jumladan, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish sabablari va avtomobilni voyaga yetmagan shaxs boshqarganligini aniqlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi otasining mashinasida do‘sti bilan davlat raqam belgilarisiz harakatlanib, yo‘lovchi avtobusining orqa qismiga urilgan edi.

Source: podrobno.uz