Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Kolumbiya terma jamoasining bosh murabbiyi Nestor Lorenso O‘zbekiston bilan bo‘lajak o‘yin oldidan matbuot anjumanida nutq so‘zladi. Championat.Asia Telegram-kanalining xabar berishicha, murabbiy raqibni sinchiklab o‘rganganliklarini va o‘yin rejasi allaqachon tayyor ekanligini ta’kidladi.

So‘nggi beshta o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi ikki g‘alaba, ikki mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan bo‘lib, 6 ta gol urib, 7 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Lorensoning so‘zlariga ko‘ra, taktik jihatdan himoya va hujum ikki asosiy komponent hisoblanadi, va O‘zbekiston terma jamoasining bu fazalardagi xususiyatlari yaxshi ko‘zga tashlanadi. Mutaxassis jamoasi himoyada ham, hujumda ham yakka kurashlarda g‘alaba qozonishga harakat qilishini ta’kidladi.

“O‘zbekiston kuchli raqiblarga qarshi yaxshi natijalarga erishgan jamoa. Uning ajoyib murabbiyi, to‘rt-beshta yuqori darajadagi futbolchisi bor va eng muhimi, bu uyushgan jamoa bo‘lib, qanday o‘ynashni aniq tushunadi. Aynan shuning uchun ertangi o‘yinda ularni yengish biz uchun asosiy sinov bo‘ladi”, — dedi Lorenso.

Source: kun.uz