Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkiloti (IOTA)ga assotsiativ a’zo bo‘ldi. Bu qaror Budapeshtda bo‘lib o‘tgan IOTAning 30-Bosh assambleyasida qabul qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika delegatsiyasiga Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Po‘latov boshchilik qildi. U soliq islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini taqdim etdi.

Ular orasida elektron schyot-fakturalarni joriy etish, onlayn kassa texnikasi, raqamli mahsulot markalash, avtomatlashtirilgan risk tahlili va soliqlarni proaktiv hisoblash bor. Maqsad – ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish, shaffoflikni oshirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash.

Yopiq ovoz berish yakuniga ko‘ra, Bosh assambleya O‘zbekistonning arizasini qo‘llab-quvvatladi. Tashkilotga a’zolik respublikaga Yevropa soliq ma’muriyatlari bilan hamkorlikni kengaytirish, raqamlashtirish va risklarni boshqarishda ilg‘or tajribalarni joriy etish, shuningdek, soliq tizimini o‘zgartirish tajribasini almashish imkonini beradi.

Assambleyada sun’iy intellektni qo‘llash, muvofiqlik va 2030 yilgacha soliq tizimlari modellari masalalari ham muhokama qilinmoqda.

Source: podrobno.uz