Toshkent xalqaro investitsiya forumida O‘zbekiston temir yo‘llari kompaniyasi tarkibidagi Shahar Atrofida Yo‘lovchi Tashish operatori va Chexiyaning Škoda Transportation kompaniyasi o‘rtasida 10 ta zamonaviy elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Ushbu hujjat O‘zbekistonda transport infratuzilmasini rivojlantirish va harakatlanuvchi tarkibni modernizatsiya qilish bo‘yicha oldingi kelishuvlarni mustahkamladi.
Loyiha zamonaviy Yevropa yechimlarini joriy etish orqali poyezdlar parkini yangilash imkonini beradi. Bu yo‘lovchi tashishda xavfsizlik, energiya samaradorligi va qulaylik darajasini oshirib, xalqaro standartlarga yaqinlashtirishi kutilmoqda. Yangi elektropoyezdlar zamonaviy boshqaruv tizimlari va konditsioner bilan jihozlanadi, bu esa mamlakat aholisi va xorijiy mehmonlar uchun qulay sayohatni ta’minlaydi.
Alohida e’tibor O‘zbekistonda yangi harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishga qaratilgan. Bu mamlakat ichida poyezdlarning tezkor xizmatini ta’minlaydi, yangi ish o‘rinlari yaratadi va milliy temir yo‘l sohasini yanada rivojlantirishga turtki beradi.
Avvalroq, Škoda Group’ning dastlabki 10 ta zamonaviy elektropoyezdi 2027-yilda O‘zbekistonga yetkazilishi xabar qilingan edi.
Source: podrobno.uz