Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Navoiy viloyatining Tomdi tumanida Cobalt rusumli avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 10-iyun kuni Cobalt haydovchisi charchoq oqibatida mashina boshqarib ketayotgan vaqtida uxlab qolgan. Oqibatda avtomobil YTHga uchragan.

Haydovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, u tibbiyot muassasasida vafot etgan.

Mazkur hodisa yuzasidan haydovchining ish joyida muhokama o‘tkazilib, YTHga olib kelgan omillar tahlil qilingan. Jarayonda charchoq holatida avtomobil boshqarmaslik, tezlikni oshirmaslik, ishdan so‘ng dam olmasdan uzoq yo‘lga chiqmaslik hamda zarurat bo‘lganda jamoat transportidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

IIB ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon Navoiy viloyatida haydovchilarning boshqaruv vaqtida uxlab qolishi bilan bog‘liq 10 ta YTH sodir bo‘lgan. Ular oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, yana 12 nafar fuqaro turli darajada tan jarohatlari olgan.

Avvalroq Samarqand viloyatida Damas ishtirokidagi YTHdan so‘ng haydovchi vafot etgan edi. U quvib o‘tish uchun yo‘l chetidan harakatlanib, yuk avtomobilining orqa qismiga to‘qnashgan.

Source: www.gazeta.uz