Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Jizzax viloyatining bir qancha tumanlarida kuchli sel oqimi sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda Baxmal tumanidagi suv oqimi avtomobillarni olib ketayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda.

O‘zgidromet oldindan mamlakatning bir qator hududlarida ob-havo yomonlashishi haqida ogohlantirgan edi. Xususan, 18-19 iyun kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel va toshqinlar bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Jizzax viloyatida ham kuchli shamol va jala haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Sinoptiklar qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha va chang bo‘ronlarini bashorat qilmoqda. Kechasi havo harorati 18-23 daraja, kunduzi esa 31-36 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Source: podrobno.uz