Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qashqadaryo viloyati, Qarshi tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudining yordamchisi 2500 AQSh dollari miqdorida pora olayotganda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sudya yordamchisi joriy yilning may oyidan buyon viloyat Majburiy ijro byurosi (MIB) tuman bo‘limlaridan birida ishlab kelayotgan fuqaroga o‘zini tanish amaldorlar orqali ishga joylashtirgan deb aytgan. Shuningdek, u kelajakda fuqaroni istalgan MIB bo‘limiga o‘tkazishni va’da qilgan va buning evaziga 2500 dollar talab qilgan.

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi o‘z xizmat xonasida pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Source: kun.uz