Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent uy-joy bozorida may oyida narxlar segmentga qarab turlicha o‘zgarishlar ko‘rsatdi. Iqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahliliga ko‘ra, ikkilamchi bozorda 1, 2 va 3 xonali kvartiralar qimmatlashgan bo‘lsa, 4 xonali va undan kattalari arzonlashgan.

Birlamchi bozorda 1 xonali kvartiralar aprelga nisbatan 1,1 foizga, 3 xonali kvartiralar esa 2,7 foizga qimmatlashgan. Shu bilan birga, 2 xonali kvartiralar 1,1 foizga, 4 xonali va undan kattalari 1,5 foizga arzonlashgan.

Ikkilamchi bozorda eng katta o‘sish 1 xonali kvartiralar segmentida qayd etilgan – ularning narxi bir oyda 5,8 foizga oshgan. 2 xonali kvartiralar 0,6 foizga, 3 xonali kvartiralar esa 0,5 foizga qimmatlashgan. 4 xonali va undan katta kvartiralarning narxi 0,4 foizga pasaygan.

Tumanlar kesimida Mirabod, Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlari eng qimmat uy-joyga ega hududlar sifatida qayd etilgan. Sergeli, Uchtepa va Olmazor tumanlarida nisbatan arzon uy-joy taklif qilinmoqda.

Tahlil natijalariga ko‘ra, poytaxt uy-joy bozorida kichik va o‘rta kvartiralarga talab yuqoriligicha qolmoqda, bu esa ayrim segmentlarda narx o‘sishiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Source: kun.uz