Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, soliq qarzi 100 million so‘mdan oshgan qurilish korxonalari soni 1964 taga yetdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Umumiy qarzdorlik 2,5 trillion so‘mni tashkil etgan. Shundan 618,6 milliard so‘m (24,1 foiz) eng katta qarzi bo‘lgan 10 ta kompaniyaga to‘g‘ri keladi:

1. «AZIYA INVEST FAVORITI» MChJ – 140,2 mlrd so‘m; 2. «TASH CONSTRUCTIONS HOUSE» MChJ – 102,4 mlrd so‘m; 3. «OQBULOQ OBOD GUZARI» MChJ – 92 mlrd so‘m; 4. «TAMIRLASH QURISH SERVIS» MChJ – 76,7 mlrd so‘m; 5. «AGRO ASIA TRADE SERVIS» MChJ – 39,8 mlrd so‘m; 6. «GRAND ROAD TASHKENT» QK – 38,2 mlrd so‘m; 7. «USTA OBID BREND» MChJ – 37,9 mlrd so‘m; 8. «OLTIN BALIQ» MChJ – 33,2 mlrd so‘m; 9. «NATIONAL ROAD INVEST» MChJ – 29,4 mlrd so‘m; 10. «DSK BINOKOR» MChJ – 28,8 mlrd so‘m.

Hududlar kesimida eng katta soliq qarzi Toshkent shahrida qayd etilgan – 817,4 mlrd so‘m. Andijon viloyatida 329,1 mlrd so‘m, Toshkent viloyatida esa 304,5 mlrd so‘m.

Source: kun.uz