O‘zbekiston, Toshkent – Podrobno.uz. Namanganda bo‘lib o‘tgan uchinchi Xalqaro makom san’ati forumida O‘zbekiston vakili Orif Ergashev Gran-prini qo‘lga kiritdi. Ushbu nufuzli forum 23-26 iyun kunlari YuNESKO va AYSESKO homiyligida o‘tkazildi.
G‘olibga 15 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti topshirildi. Tanlovda 18 davlatdan ijrochilar va ijodiy jamoalar ishtirok etdi. Ularning chiqishlarini xalqaro hakamlar hay’ati baholadi, tarkibga Ozarbayjon, Fransiya, Turkiya, Serbiya, Quvayt, Kanada va O‘zbekiston vakillari kirdi.
Birinchi o‘rinlarni O‘zbekiston Davlat simfonik orkestri milliy cholg‘u ansambli, shuningdek, Ozarbayjon va Mo‘g‘uliston ijrochilari va jamoalari egalladi. Ularga 5 ming dollardan mukofot berildi.
Avvalroq, O‘zbekistonning turistik shaharlarida tematik musiqiy ko‘chalar tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.
Source: podrobno.uz