28-iyun kuni soat 20:45 da Toshkentdagi “Yuqsak” podstansiyasida uzilish yuz berdi, natijada poytaxtning Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi ba’zi hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtadi.
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, podstansiyadagi nosozlik tufayli yuzaga kelgan uzilish barcha iste’molchilarning elektr ta’minotiga ta’sir ko‘rsatdi. Vazirlik yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.
Chilonzor tumanidagi Dream Park bog‘ida elektr uzilishi sababli “Charchpalak” attraksionida qolgan tashrif buyuruvchilar xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.
Energetika vazirligi elektr ta’minoti to‘liq tiklanganini ma’lum qildi. Hozirda barcha hududlarda elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda.
Source: kun.uz