O‘zbekiston hukumati 2030-yilga qadar mamlakat aholisining 90 foizini doimiy ichimlik suvi bilan ta’minlashni maqsad qilgan. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Ekspert kengashi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Hozirda mamlakat aholisining 83 foizi ichimlik suviga ega. Ushbu ko‘rsatkichga erishish uchun sohaga 2 milliard dollar sarmoya kiritilgan.
2030-yilgacha ichimlik suvi ta’minotini rivojlantirishga qo‘shimcha ravishda kamida 1,3 milliard dollar jalb qilish rejalashtirilgan.
Hukumat suv resurslariga yuklamani kamaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. 2017-yilda sug‘oriladigan yerlarning atigi 0,4 foizida zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan bo‘lsa, 2026-yilga kelib bu ko‘rsatkich 60 foizga yetdi. Kanallarni betonlashtirish, raqamlashtirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali har yili 11 milliard kub metr suv tejalmoqda.
Suv muammolari ekologiya, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va mintaqaviy hamkorlikka ta’sir ko‘rsatmoqda. Barqaror suv kelajagini ta’minlash faqat tegishli organlarning birgalikdagi ishi bilan mumkin.
Avvalroq “O‘zbekiston–2030” strategiyasining qayta ishlangan loyihasida aholini suv bilan ta’minlash rejalari e’lon qilingan edi.
Source: podrobno.uz