O‘zbekistonda 1 iyuldan boshlab retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalariga yangi chegara narxlari joriy etildi. Tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Anvarxon Akabirovning ma’lum qilishicha, narxlar 2026-yil 1-aprel holatiga qayta ko‘rib chiqilgan.
O‘zgartirishlar taxminan 2,5 mingta retsept bo‘yicha dori vositalarini qamrab olgan. Natijada antibiotiklar va mikroblarga qarshi preparatlar narxi 50% gacha, yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan dorilar 37% gacha, asab tizimi preparatlari 40% gacha, yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi vositalar 42% gacha arzonlashgan.
Endi retsept bo‘yicha dori vositalarining chegara narxini pharm.gov.uz sayti yoki PharmUz mobil ilovasi orqali mustaqil tekshirish mumkin. Foydalanuvchilar belgilangan chegara narxini dorixonadagi haqiqiy narx bilan solishtirib, qoidabuzarlik aniqlansa, murojaat yo‘llashlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi farmatsevtika ishlab chiqaruvchisi reklamada tarixiy shaxslar obrazlaridan foydalangani uchun jarimaga tortilgan edi. Reklama roligida Amir Temur, Ibn Sino, Alisher Navoiy, shuningdek, Jorj Vashington, Yuliy Sezar va Napoleon Bonapart tasvirlangan edi.
Source: podrobno.uz