Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Bugun, 2-iyul kuni O‘zbekistonda Davlat gerbi qabul qilingan kun nishonlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun bilan tasdiqlangan.

Gerb davlat suverenitetining asosiy ramzlaridan biri hisoblanadi. Markazda baxt va erkinlik timsoli bo‘lgan qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Shuningdek, unda chiqayotgan quyosh, tog‘lar, daryolar, gullab-yashnayotgan vodiy, bug‘doy boshoqlari va ochilgan paxta ko‘saklari aks etgan.

Gerbning pastki qismida davlat bayrog‘i ranglaridagi lenta va “O‘zbekiston” yozuvi joylashgan.

Avvalroq senator Qudratilla Rafiqov davlat ramzlarini qayta ko‘rib chiqish masalasini ko‘targan edi. U o‘z maqolasida gerbni 1990-yillardagi “siyosiy tashvish” va “ichki ishonchsizlik” ramzi deb atagan.

Source: podrobno.uz