Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Buxoro viloyatida 30 ming tomoshabinga mo‘ljallangan yangi futbol stadioni loyihasi ishlab chiqila boshlandi. Stadionni Xitoy kompaniyasi quradi.

Arena Buxoro tumanidagi “Bog‘idasht” mahallasida barpo etilishi rejalashtirilgan. Loyiha China CAMC Engineering Co. LTD kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Yangi stadion xalqaro standartlarga muvofiq quriladi va mintaqadagi asosiy sport maydonlaridan biriga aylanadi. Bu yerda futbol o‘yinlari, milliy va xalqaro musobaqalar, shuningdek, boshqa yirik sport tadbirlari o‘tkazilishi mumkin.

Avvalroq, Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli yopiq futbol stadioni qurilishi va u 2027 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishi xabar qilingan edi.

Source: podrobno.uz