Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Termiz xalqaro savdo markazi hududi 1 ming gektarga kengaytiriladi. Prezident 27-fevraldagi yig‘ilishda bu haqda ma’lum qildi.

O‘tgan yili markazga 800 mingdan ortiq afg‘on fuqarosi tashrif buyurgan, eksport 320 million dollarni tashkil etgan. Endilikda markazdagi tovar savdosi va xizmatlar eksport sifatida baholanadi, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) nol stavkada qo‘llanadi.

Markazda yirik ishlab chiqarish quvvatlari yaratish rejalashtirilgan. Eksport hajmi joriy yil 600 million, kelasi yil 1 milliard dollarga yetkazilishi, qo‘shimcha 10 ming ish o‘rni yaratilishi belgilandi.

Markazda qonun ustuvorligini ta’minlash uchun maxsus prokuratura va ichki ishlar bo‘limi faoliyatini boshlaydi. Markaz 2024-yil avgust oyida ochilgan bo‘lib, Afg‘oniston fuqarolari vizasiz 15 kungacha tashrif buyurishlari mumkin.

Source: www.gazeta.uz