Kia Uzbekistan kompaniyasi Kia Sonet kompakt krossoveri uchun yangi moliyaviy takliflarni e’lon qildi. Endi xaridorlar 25% boshlang‘ich to‘lov bilan 24 oy muddatga, yillik 0% stavkada oyiga 6 246 875 so‘mdan boshlab avtomobil sotib olishlari mumkin.
Shuningdek, 30% boshlang‘ich to‘lov va 36 oy muddatga mo‘ljallangan variant ham mavjud bo‘lib, oylik to‘lov 3 886 944 so‘mdan boshlanadi. Ushbu taklif Kia Sonet Classic konfiguratsiyasi uchun amal qiladi.
Kia’ning ta’kidlashicha, yangi moliyaviy shartlar boshqa mashhur modellar uchun ham joriy etilgan. Masalan, Kia Sportage’ni 50% boshlang‘ich to‘lov bilan 36 oy muddatga, 0% yillik stavkada olish mumkin. Bu barcha mavjud komplektatsiyalarga tegishli.
Kia K5 uchun esa 40% boshlang‘ich to‘lov va 36 oy muddat taklif etiladi. Ushbu imkoniyat 2026-yilgi Kia K5’ning Comfort va Comfort+ versiyalariga hamda 2025-yilgi barcha Kia K5 avtomobillariga nisbatan qo‘llaniladi.
Kompaniya, shuningdek, Kia Trade-in dasturini ham taklif qiladi. Bu orqali mijozlar mavjud avtomobillarining qiymatini yangi Kia uchun boshlang‘ich to‘lov sifatida ishlatishlari mumkin. Bu jarayon avtomobil sotish va yangisini sotib olishni birlashtirib, qo‘shimcha mablag‘ talabini kamaytiradi.
Avtomobil sug‘urtasini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi. Sug‘urta shartlari bank tomonidan belgilanadi. Batafsil ma’lumot olish, shaxsiy hisob-kitob qilish, Kia Trade-in bo‘yicha baholash va test-drive’ga yozilish uchun rasmiy dilerlik markazlariga murojaat qilish mumkin.
Aloqa uchun: +998 55-500-83-33, kia.uz, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar. Ushbu ma’lumot reklama sifatida e’lon qilingan.
Source: uznews.uz