Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Malibu rusumli avtomobil haydovchisining piyodalar o'tish joyida odamlarni bosib ketishiga sal qolgani aks etgan. Haydovchi xavfli manevr qilib, orasida bolalar aravachasi bo'lgan ayol ham bo'lgan piyodalarni bosib ketishiga ozgina qolgan edi. Fojianing oldini olishga piyodalar avtomobilni o'z vaqtida payqab qolgani tufayli erishildi.

Samarqand viloyati Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, hodisa 8-sentabr kuni soat 22:20 da Samarqand shahri Mirzo Ulug'bek ko'chasida sodir bo'lgan. Malibu 2 haydovchisi sakkiz nafar piyodaga yo'l bermay, hayoti uchun xavf tug'dirgan va qo'pol qoidabuzarlikka yo'l qo'ygan.

Haydovchining shaxsi aniqlangan. U bilan profilaktik suhbat o'tkazilgan. Haydovchi o'z qilmishidan afsusda ekanligini bildirib: «O'sha paytda biroz shoshib qolgandim. O'ng tomonda tormozim ishlamadi, shuning uchun birinchi qatordan uchinchi qatorga o'tdim. Xudo saqlab qoldi, piyodalarni bosib ketmadim. Fuqarolardan, o'sha piyodalardan va Yo'l harakati xavfsizligi xodimlaridan ming marta uzr so'rayman. Bunday boshqa takrorlanmaydi. Qilgan ishimdan afsusdaman. Ikkinchi marta bunday bo'lmaydi», – degan.

Erkakka nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 128-10-moddasi (Yo'l harakati sohasidagi bezorilik) bo'yicha ma'muriy protokol tuzilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Source: uznews.uz