Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekistonda xorijiy onlayn savdo maydonchalari va elektron tijorat platformalari uchun soliqqa tortish tartibi qonunchilikda rasman belgilandi. Bu haqda AN Podrobno.uz xabar bermoqda.

Mamlakatda Soliq kodeksi va "Elektron tijorat to'g'risida"gi qonunga o'zgartirishlar kiritildi. Hujjat xorijiy kompaniyalar tomonidan elektron xizmatlar ko'rsatish yoki elektron savdo maydonchalari orqali tovarlar sotish bilan bog'liq soliq hisobini yuritish, soliqlarni hisoblash va ushlab qolish, hisobotlarni taqdim etish va ularni to'lash tartibini belgilaydi.

Xususan, xorijiy marketpleyslar O'zbekiston hududida sotilgan tovarlar uchun QQS (qo'shilgan qiymat solig'i) to'lashlari shart. Bu yangi talab mahalliy bozorda raqobat muhitini tenglashtirishga qaratilgan.

"Elektron tijorat to'g'risida"gi qonunga kiritilgan o'zgartishlar elektron savdo ishtirokchilari, elektron savdo maydonchalari va operatorlarining huquq va majburiyatlarini aniqroq belgilab beradi. To'lovlar, transchegaraviy elektron tijorat, raqamli tovarlar eksporti va importiga alohida e'tibor qaratilgan.

Rasmiylar qoidalarni yangilash zaruratini raqamli texnologiyalar va e-commerce sohasining jadal rivojlanishi bilan bog'lashmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy logistika infratuzilmasini yaratish va bozor ishtirokchilarining huquqiy himoyasini kuchaytirish vazifasi qo'yilmoqda.

Avvalroq O'zbekistonda transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish uchun asos bo'ladigan bojxona omborlarining yangi ish tartibi tasdiqlangan edi. Endi import tovarlari maxsus onlayn platformalar orqali sotilgunga qadar bojxona nazorati ostida saqlanishi mumkin.

Source: podrobno.uz