Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent metropoliteni 14-sentabr kuni besh soat davomida 288 187 nafar yo'lovchini tashidi. Yo'lovchilar oqimining keskin ortishi mamlakatdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida yangi o'quv yilining boshlanishi bilan bog'liq.

Eng ko'p yo'lovchi ertalabki vaqtda "Chinor", "Sergeli", "Choshtepa", "Olmazor", "Chilonzor", "Buyuk ipak yo'li", "Do'stlik" va "Beruniy" bekatlarida qayd etildi. Bu bekatlar odatda talabalar va ishchilar oqimi yuqori bo'lgan hududlarda joylashgan.

Kuchaygan yo'lovchi oqimini qondirish maqsadida metropoliten pik soatlarda poyezdlar harakati oralig'ini qisqartirdi. Chilonzor liniyasida bu ko'rsatkich 1,5–2 daqiqani, O'zbekiston liniyasida 3 daqiqani, Yunusobod liniyasida 4 daqiqani, yer usti halqa liniyasida esa 7–8 daqiqani tashkil etmoqda.

Metropoliten ma'muriyati yo'lovchilar oqimini kuzatishda davom etishini va zarur hollarda poyezdlar harakatini yo'lovchilar qulayligi hamda xavfsizligini ta'minlash uchun tuzatishlar kiritishini ma'lum qildi.

Avvalroq xabar qilinganidek, yangi o'quv yili boshlanishi bilan Toshkent metropoliteni pik soatlarda poyezdlar oralig'ini qisqartirgan edi. Barcha 50 ta bekatda xodimlar navbatchiligi kuchaytirilib, eng gavjum bekatlarga alohida e'tibor qaratildi.

Source: podrobno.uz