O'zbekiston bozorida yangi MIA brendi paydo bo'ldi, u an'anaviy shirin gazlangan ichimliklarga zamonaviy alternativani taklif etadi. Brend o'zining olti xil ta'mi bilan iste'molchilarni xursand qilmoqda, har bir ta'm alohida foydali ingredient bilan boyitilgan.
MIA ichimliklarining har biri o'ziga xos funksional xususiyatga ega: olma ta'mi C vitamini bilan, rezavor mevalar aralashmasi E vitamini bilan, qulupnay kollagen bilan, zanjabil-limon C vitamini bilan, malina-barbaris protein bilan va anor-aloe B vitamini bilan taklif etiladi. Bu kombinatsiyalar nafaqat ta'mga, balki salomatlikka ham e'tibor qaratuvchi iste'molchilar uchun mo'ljallangan.
Barcha MIA ichimliklari qo'shilgan shakarsiz ishlab chiqariladi. Brend kontseptsiyasi zamonaviy iste'mol madaniyatiga asoslangan bo'lib, unda ta'm, estetika va funksionallik uyg'unlashgan. Bu yondashuv sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlovchi yangi avlod iste'molchilari uchun mo'ljallangan.
Hozirda MIA ichimliklarini Toshkentdagi theMart, RM Mart va TEGEN savdo tarmoqlarida, shuningdek, yetakchi fitnes zallarida, kafelar, go'zallik salonlari va boshqa lifestyle maskanlarida topish mumkin. Brend O'zbekistonning boshqa hududlarida ham savdo geografiyasini kengaytirishni davom ettirmoqda.
Brend yaratuvchilarining fikriga ko'ra, MIA zamonaviy ichimlik iste'moli madaniyatining bir qismiga aylanishi kerak, bu yerda funksionallik faol turmush tarzi va vizual estetika bilan uyg'unlashadi. "MIA — foydali lazzatlanish" shiori ostida brend o'z mijozi uchun qulaylik va sog'liqni birlashtirishga intilmoqda.
Qo'shimcha ma'lumot uchun Instagram sahifasi: @mia_drink. Hamkorlik bo'yicha murojaat uchun: +998 94 940 00 88 yoki elektron pochta orqali bog'lanish mumkin. Ushbu material reklama huquqida taqdim etilgan.
Source: uznews.uz