Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

UZCARD Academy yangi B2B yo'nalishi doirasida AWS (Amazon Web Services) kompaniyasi bilan birgalikda fintech sohasi mutaxassislari uchun maxsus seminar tashkil etdi. Tadbirda asosiy ma'ruzachi sifatida AWS kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz bo'yicha yechimlar arxitektori Daz Akbarov ishtirok etdi. Seminar Data Science mutaxassislari, Python dasturchilari, DevOps muhandislari va boshqa texnik yo'nalish vakillariga mo'ljallangan edi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi sun'iy intellekt asosidagi AI-agentlar bilan amaliy ishlashga qaratildi. AI-agentlar — bu ko'p bosqichli vazifalarni bajara oladigan, ma'lumotlar bilan ishlaydigan va raqamli xizmatlar bilan o'zaro aloqada bo'la oladigan tizimlardir. Bunday yechimlar o'zaro bog'liq harakatlar ketma-ketligidan iborat jarayonlarni avtomatlashtirish uchun qo'llaniladi.

Seminning amaliy qismi AI-agentni yaratishning to'liq tsiklini qamrab oldi. Ishtirokchilar uni Strands Agents SDK yordamida ishlab chiqdilar, ishlash mantiqini sozladilar va so'ngra yechimni Amazon Bedrock AgentCore muhitiga joylashtirdilar. Mutaxassislar agentni ishlab chiqishdan tortib uni bulutli infratuzilmada ishga tushirishgacha bo'lgan barcha bosqichlarni bosib o'tdilar.

Seminar ishtirokchilarga AI-agentlarni yaratish vositalari bilan amaliy tajriba orttirish va bunday yechimlar raqamli mahsulotlar hamda ish jarayonlarida qanday qo'llanilishi mumkinligini tushunish imkonini berdi. Tadbir davomida mutaxassislar real loyihalarda qo'llaniladigan zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdilar.

AWS bilan o'tkazilgan ushbu tadbir UZCARD Academy ning yangi B2B yo'nalishining bir qismi bo'ldi. Akademiya professional auditoriya uchun ta'lim formatlarini rivojlantiradi, soha mutaxassislarini jalb qiladi va bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda dolzarb texnologik yo'nalishlar bo'yicha dasturlar shakllantiradi. "UZCARD. Qulay yashang".

Source: uznews.uz