2-mart kuni ertalab Toshkentning Bektemir tumanida piyoda ishtirokidagi yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi. Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi.
Foto: videodan kadr
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasining Telegram-kanalida xabar berilishicha, hodisa 2026-yil 2-mart kuni soat 08:15 da Txa ko'chasida ro'y bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2007-yilda tug'ilgan haydovchi "Damas" avtomobilini boshqarib, 2008-yilda tug'ilgan piyodaga urib yuborgan. Voqea piyodalar o'tish joyida sodir bo'lgan.
Hodisa bo'yicha tekshiruv olib borilmoqda.
Source: kun.uz