Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

28-fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarbalar berdi, Eron javoban Fors ko‘rfazidagi AQSh bazalariga hujum qildi. Eron rahbari Ali Xomanaiy halok bo‘ldi.

O‘zbekiston TIV vaziyatning keskinlashuvidan “chuqur xavotir” bildirdi va vazminlik, siyosiy-diplomatik yechimlarni talab qildi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaqin Sharq hamkasblari bilan bog‘lanib, Mirziyoyevning qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini yetkazdi.

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev favqulodda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishni buyurdi, kuchishlatar tuzilmalari kechayu kunduz rejimiga o‘tkazildi. U Bahrayn, Qatar, Kuvayt, BAA va Saudiya Arabistoni yetakchilariga suverenitetga putur yetkazuvchi harakatlarni qoralovchi maktub yo‘lladi.

Qirg‘iziston harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi, vatandoshlarni Eronga safar qilishdan tiyilishni tavsiya qildi va Tehrondagi elchixonaga murojaat qilishni aytdi.

Tojikiston TIV voqealarni “misli ko‘rilmagan eskalatsiya” deb atadi, elchixonasi fuqarolariga mamlakatni tark etishni tavsiya qildi.

Turkmaniston rasmiy bayonot bermadi.

Source: www.gazeta.uz