Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Turizm bozoridagi yetakchi o‘yinchilardan biri bo‘lgan Asialuxe Travel kompaniyasi Malayziyaning mashhur Langkawi kurort oroliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar dasturi boshlanishini e’lon qildi. Ushbu yo‘nalishning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, O‘zbekiston fuqarolari uchun oldindan viza rasmiylashtirish talab etilmaydi, bu esa sayohatni rejalashtirish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, Langkawi plyaj hordig‘i, boy tropik tabiat, rivojlangan infratuzilma va oilaviy sayohatlar uchun qulay sharoitlarni o‘zida mujassam etgan. Orol hududida Duty Free zonasi amal qiladi, shuningdek, halol ovqatlanish imkoniyatlari keng taqdim etilgan. Asosiy diqqatga sazovor joylar qatoriga UNESCO global geoparki, qadimiy mangrov o‘rmonlari, sharsharalar, osma qandil yo‘li va mashhur Sky Bridge ko‘prigi kiradi.

Yangi parvozlar dasturi joriy yilning 30-oktabridan boshlab har haftaning juma kunlari Uzbekistan Airways aviakompaniyasining zamonaviy havo kemalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnov sayohatchilarga ortiqcha vaqt yo‘qotmasdan tezda tropik muhitga tushish imkonini beradi.

Xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida Asialuxe Travel turli toifadagi mehmonxonalarni o‘z ichiga olgan turlarni taklif etmoqda. Shuningdek, bosh ofisda 6 oygacha bo‘lgan foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ham taqdim etilmoqda.

Source: uznews.uz