Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligining 35 yilligini nishonlash doirasida Paynet kompaniyasi Xolis xizmatidan foydalanuvchi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun keng ko‘lamli aksiya e’lon qildi. Ushbu tashabbus mamlakatda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish va kichik biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilarga 35 ta qimmatbaho sovg‘ani yutib olish imkoniyatini taqdim etadi.

Tashkilotchilarning ma'lum qilishicha, aksiya shartlari juda oddiy va barcha amaldagi hamda yangi foydalanuvchilar uchun ochiq. Tadbirkorlar ishtirok etish uchun Xolis tizimi orqali QR-kod yoki NFC yordamida xaridorlardan naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilishlari va belgilangan muddat davomida kamida 10 000 000 so‘mlik umumiy aylanmani ta'minlashlari talab etiladi. Bunda faqatgina rasmiy to‘lovlar hisobga olinib, P2P o‘tkazmalar va naqd pulda qilingan to‘vlar aksiya hisobiga kiritilmaydi.

Aksiya qatnashchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan sovrinlar jamg‘armasiga 10 ta muzlatgich, 10 ta kir yuvish mashinasi, 10 ta havo tozalagich va 5 ta zamonaviy smartfon kiritilgan. G‘oliblarni aniqlash jarayoni 2026-yil 2-noyabr kuni soat 16:00 da Paynet kompaniyasining rasmiy YouTube kanali orqali jonli efirda tasodifiy raqamlar generatori yordamida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur aksiya 2026-yilning 31-oktabriga qadar davom etadi va barcha g‘oliblarga sovg‘alar o‘sha yilning 30-noyabriga qadar topshiriladi. Tadbirkorlar ushbu imkoniyatdan foydalangan holda o‘z biznes jarayonlarini raqamlashtirish va qo‘shimcha qimmatbaho sovg‘alar egasiga aylanishlari mumkin.

Source: www.uznews.uz