Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Poytaxtimizda Rossiyada qurilayotgan MBIR tadqiqot reaktorida kelgusida o'tkaziladigan tajribalar va xalqaro hamkorlik masalalariga bag'ishlangan keng ko'lamli muhokama bo'lib o'tdi. O'zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida bo'lib o'tgan Konsultatsiv kengashning uchinchi yig'ilishida 18 davlatdan 150 dan ortiq mutaxassis va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida ilg'or yadro texnologiyalari, reaktor materiallari hamda hisoblash modellarining aniqligini tekshirish kabi muhim masalalar ko'rib chiqildi.

Mutaxassislarning fikricha, reaktor ichidagi jarayonlarni modellashtiruvchi dasturiy ta'minotlar va hisoblash kodlari real eksperimental ma'lumotlar yordamida doimiy ravishda tekshirib borilishini talab etadi. Rossiyaning Dimitrovgrad shahrida bunyod etilayotgan MBIR ko'p maqsadli tez neytronli tadqiqot reaktori aynan shunday sinovlar uchun asosiy maydonchaga aylanishi kutilmoqda. Xalqaro atom energiyasi agentligi ma'lumotlariga ko'ra, mazkur qurilma dunyodagi eng yuqori neytron oqimiga ega tadqiqot reaktoriga aylanib, mutaxassislarga yoqilg'i va konstruksion materiallarning ekstremal sharoitlardagi chidamliligini baholash imkonini beradi.

Toshkentdagi uchrashuvda O'zbekistonning mazkur xalqaro loyihadagi ishtiroki mamlakatimiz ilmiy salohiyatini yanada oshirishiga e'tibor qaratildi. O'zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov va Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sadiqovning ta'kidlashicha, MBIR imkoniyatlarini respublikadagi modernizatsiya qilingan VVR-SM reaktori va tezlatgichlar majmuasi bilan integratsiya qilish fundamental va amaliy fan uchun yangi ufqlarni ochadi. Shuningdek, bu jarayon mamlakatimizda amalga oshirilayotgan birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi fonida malakali kadrlar tayyorlash va yadro xavfsizligini ta'minlashda muhimahamiyat kasb etadi.

Source: podrobno.uz