Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri Li Szyan rasmiy tashrif bilan Toshkent shahriga yetib keldi. Ikki kunlik tashrif davomida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston hukumati vakillari kutib oldi, shundan so‘ng u Tojikistonga yo‘l olishi rejalashtirilgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur safar O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda. Tashrif doirasida Li Szyan va Abdulla Aripov poytaxtdagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monunenti poyiga gul qo‘yishdi va majmuaning me'moriy konsepsiyasi bilan yaqindan tanishdilar.

Pekin tomonining ta'kidlashicha, Xitoy ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy o‘zaro ishonch ruhini yanada mustahkamlash hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘lamini kengaytirish niyatida. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yuqori sur'atda rivojlanib borayotganini qayd etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Xitoy raisi Si Szinpin va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida uchrashuv o‘tkazgan edi. O‘shanda yetakchilar ikki tomonlama sheriklik aloqalarining kelgusi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olgan edilar.

Source: podrobno.uz