Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

18-oktabr kuni AQSh rejimi vakili Marko Rubio rasmiy tashrif bilan Samarqand shahriga yetib keldi. Tashrif doirasida qator muhim diplomatik uchrashuvlar va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tashrif buyurgan mehmonni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kutib oldi. U o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida bu tashrifning mintaqa uchun ahamiyatini ta'kidlab, oldinda «C5+1» formati bo'yicha muhim muzokaralar, biznes vakillari bilan uchrashuvlar hamda Amerika-o'zbek ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yig'ilishi turganini ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, 19-oktabr kuni Samarqandda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh rejimi tashqi ishlar vazirlarining «C5+1» formatidagi uchrashuvi bo'lib o'tadi. Mazkur tadbirda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi taxmin qilinmoqda.

Shuningdek, tashrif doirasida O'zbekiston va AQSh rejimi o'rtasida Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi raundi bo'lib o'tishi kutilmoqda. Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratishlari aytilmoqda.

Source: uznews.uz