Samarqand shahrida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holati kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi vakili bo‘lgan erkak o‘z skuteriga itni arqon bilan bog‘lab olib, asfalt yo‘l bo‘ylab sudrab ketgan. Bu vaqtda uning yonida ikki nafar voyaga yetmagan bola ham bo‘lgani aytilmoqda.
Ushbu mudhish holat chet ellik sayyohlar e'tiborini tortgan. Aynan turislarning keskin e'tirozi va sodir bo‘layotgan voqeani videokameraga muhrlay boshlaganidan keyingina haydovchi to‘xtashga majbur bo‘lgan. Olingan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jabrlangan it yerdan o‘z oyoqqa tura olmagan va uning panjalari jiddiy shikastlangani taxmin qilinmoqda.
Mazkur voqeadan xabar topgan huquq himoyachisi va jamoat arbobi Elena Babenko ijtimoiy tarmoqlar orqali mazkur holatga jamoatchilik e'tiborini qaratishni so‘ragan. Guvohlar huquqni muhofaza qilish organlariga rasmiy ariza bilan murojaat qilishni rejalashtirmoqda, biroq ular keng jamoatchilik va OAV aralashuvisiz ish yopilib ketishidan xavotir bildirmoqda.
Hozirgi kunda Samarqand shahar huquqni muhofaza qiluvchi idoralari mazkur xabarlarni tekshirib chiqishi va qonuniy baho berishi kutilmoqda. Jabrlangan hayvonning keyingi taqdiri va ahvoli haqida hozircha aniq ma'lumotlar mavjud emas.
Source: podrobno.uz