Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xavotirli xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi. Avvalroq poytaxtda qizamiqqa gumon qilingan 290 ta holat qayd etilgani va kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lgan o‘n mingdan ortiq kishi nazoratga olingani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.

Mutasaddi idoraning ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda Toshkent shahri hamda butun respublika hududida epidemiologik vaziyat barqarorligicha qolmoqda va xavotirga o‘rin yo‘q. Ma'lum qilinishicha, internet tarmoqlarida keltirilgan raqamlar 2026-yilning o‘tgan 9 oyi davomidagi umumiy statistik ko‘rsatkichlarni tashkil etadi.

Shu bois, ushbu ma'lumotlarni qisqa muddatli keskin chaqnash yoki joriy kundagi favqulodda holat sifatida talqin qilish mutlaqo asossiz ekanligi urg‘ulandi. Qo‘mita bergan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda qizamiq bilan kasallanish ko‘rsatkichi 40 foizga kamaygan.

Shuningdek, rasmiylar aholini tarqatilayotgan raqamlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikka chaqirdi. Joriy yilning o‘tgan davrida poytaxtda rejalashtirilgan emlash tadbirlari doirasida qizamiq, tepki va qizilchaga qarshi kombinatsiyalangan vaksina bir yoshdagi 47 494 nafar hamda olti yoshdagi 42 767 nafar bolaga muvaffaqiyatli qilingani ma'lum qilindi.

Source: podrobno.uz