Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish va yillik ishlab chiqarish hajmini bir million tonnaga yetkazish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Mamlakat rahbariyati ushbu maqsadga erishish uchun hududlarda zamonaviy baliqchilik xo‘jaliklarini barpo etish, qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish hamda zamonaviy saqlash omborlarini qurish muhimligini ta’kidlamoqda.

Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Xususan, Andijon viloyatining Baliqchi tumanida meliorativ quduqlardan baliq yetishtirish maqsadida foydalanish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu tashabbus hududda kichik biznes uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, 24 ta quduq atrofida to‘liq sikldagi maxsus majmualar barpo etiladi. Ushbu markazlarda baliq chaoqlarini yetishtirishdan tortib, sifatli ozuqa tayyorlash, tayyor mahsulotni qayta ishlash, saqlash va ichki bozorga yetkazib berish ishlari bir joyning o‘zida amalga oshiriladi.

Har bir kompleksning maydoni 50 sotkani tashkil etib, yiliga kamida 30 tonna qimmatbaho forel balig‘ini yetishtirish va o‘nta yangi ish o‘rnini yaratish rejalashtirilgan. Kelgusida mazkur ilg‘or tajribani respublikaning boshqa hududlariga ham tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

Shu maqsadda mutasaddi idoralar 2027-yilning 1-martigacha butun mamlakat bo‘ylab to‘rt mingdan ortiq meliorativ quduqlarni xatlovdan o‘tkazadi. Baliqchilik uchun mos keladigan obyektlar tadbirkorlarga davlat-xususiy sheriklik asosida biriktirib berilishi ta’kidlanmoqda.

Source: podrobno.uz