Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qonun rasman imzolandi. Mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan ushbu hujjatga muvofiq, alifbodagi toʻrtta asosiy harfga oʻzgartirish kiritildi hamda raqamli makonda yuzaga kelayotgan qator muammolarni bartaraf etish koʻzda tutildi.

Qabul qilingan qonunga koʻra, amaldagi O‘, G‘, Sh va Ch harflari endilikda xalqaro standartlarga moslashtirilib, Ö, Ğ, Ş va Ç koʻrinishida qoʻllanilishi belgilandi. Shuningdek, «ng» harfi mustaqil harf sifatida alifbo tarkibidan chiqarildi, biroq anʼanaviy tutuq belgisi oʻz oʻrnida saqlanib qolgani maʼlum qilindi.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning taʼkidlashicha, mazkur qadam yillar davomida davom etib kelgan bahslarga nuqta qoʻygan va raqamli muhitda oʻzbek tilining mavqeini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Uning soʻzlariga koʻra, yozuvdagi mavjud noqulayliklarga barham berish uchun boshqa muqobil yoʻl qolmagan edi.

Islohotlar munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish maqsadida bosqichma-bosqich yondashuv tanlandi. Unga koʻra, amaldagi hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qogʻozlar oʻz kuchida qoladi, darsliklar hamda koʻrsatkichlar esa ularning yaroqlilik muddati tugashi bilan yangi alifboga oʻtkaziladi.

Source: kun.uz