Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Kubogi chorak final bosqichi doirasida “G‘azalkent” futbol klubi joriy yilning 21-oktabr kuni “Navbahor” jamoasiga qarshi bahsda o‘zgacha dizayndagi maxsus liboslarda maydonga chiqishi kutilmoqda. Mazkur tashabbus haqida klubning matbuot xizmati rasman ma'lum qilib, jamoatchilik e'tiborini muhim ijtimoiy masalaga qaratishni maqsad qilganini bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur maxsus liboslarning dizaynini yaratish jarayonida autizm spektr buzilishiga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus ta’lim markazi tarbiyalanuvchilarining ijodiy ishlari va rasmlaridan foydalanilgan. Bu esa sport va ijtimoiy mas’uliyatni birlashtirgan holda, o‘ziga xos e'tibor namunasiga aylandi.

Shuningdek, mazkeliboslar cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan bo‘lib, muxlislar ularni Market Yandex Go platformasidagi klubning rasmiy onlayn do‘koni orqali xarid qilishlari mumkinligi e'lon qilindi. Sotuvga chiqarilgan futbolkalar aynan futbolchilar chorak final uchrashuvida kiyib tushadigan liboslarning nusxalari hisoblanadi.

Klub ma'muriyatining ma'lum qilishicha, ushbu futbolkalar savdosidan tushadigan barcha mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri autizmli bolalar ta’lim markazining maxsus hisob raqamiga o‘tkazib beriladi. Yig‘ilgan mablag‘lar markaz moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, zarur uskunalar hamda o‘quv materiallarini xarid qilishga sarflanishi rejalashtirilgan.

Klub vakillari bunday xayrli tashabbusda ishtirok etish jamoa a'zolari uchun katta sharaf ekanini ta'kidlab, barcha ishqibozlarni aksiyaga qo‘shilishga chaqirdi. Mazkur loyiha orqali nafaqat sport musobaqasi natijasi, balki jamiyatda alohida e'tiborga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi yana bir bor namoyish etilmoqda.

Source: www.gazeta.uz