Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qabul qilingan prezident qaroriga muvofiq, Taʼlim va ilm-fan vazirligiga keng vakolatlar berildi va uning tuzilmasida qator oʻzgarishlar amalga oshirilishi belgilandi. Ushbu hujjat mamlakatda taʼlim va ilm-fan sohasini isloh qilish jarayonlarini yanada jadallashtirishga qaratilgani aytilmoqda, biroq tizimdagi byurokratik toʻsiqlar va kadrlar siyosatidagi ochiqlik masalalari hali-hanuz muhokama markazida qolmoqda.

Xususan, vazir Erkinjon Turdimovga istisno tariqasida 2027-yil 1-fevralgacha markaziy apparatga xodimlarni tanlovsiz, toʻgʻridan toʻgʻri suhbat asosida ishga qabul qilish huquqi berildi. Mutaxassislarning fikricha, bunday istisno vakolatlar kadrlar tayinlash jarayonida shaffoflikning yetishmasligiga va turli savollarning tugʻilishiga sabab boʻlishi mumkin.

Shuningdek, qarorga koʻra, vazirlik huzurida aholi murojaatlari va shikoyatlarini tezkor koʻrib chiqish uchun autsorsing asosida maxsus “Call-markaz” hamda qayta aloqa tizimi faoliyati yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilgan. Shu bilan birga, taʼlim oluvchilar, ota-onalar va pedagoglar vakillaridan iborat Jamoatchilik kengashi tuzilishi ham rejalashtirilgan.

Qolaversa, Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz taʼlim strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha maxsus ishchi guruh faoliyat boshlashi belgilandi. Biroq ilgari qabul qilingan shunga oʻxshash strategiyalarning amaldagi ijrosi koʻpincha kutilgan natijalarni bermagani tanqidga uchrab keladi.

Source: kun.uz